12:34 / 25.04.2022
9730

Shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berilmoqda 

Prezident qarori bilan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami aholiga yaqinlashtiriladi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar berdi.

Foto: The Kiev Times

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi.

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 2022 yil 1 iyundan boshlab qo‘shimcha ustama haqi belgilanadi.

2022 yil 1 maydan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan olis masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

Aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari, skrining dasturlar va patronaj xizmati faqat SSV tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, boshqa tashkilotlarning ushbu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

2022 yil 1 sentabrdan boshlab shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi.

“Qishloq shifokori” dasturi takomillashtiriladi:

  • olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
  • olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Mavzuga oid
Top