23:27 / 25.04.2022
41128

Tramp sudga har kuni 10 ming dollardan jarima to‘lashga hukm qilindi 

Sobiq prezident bu jarimani sud talabini bajarmaguniga qadar to‘laydi. 

Foto: Reuters

Nyu-York sudi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni sudga hurmatsizlik qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jyeyms ma’lum qildi

Sud shuningdek, Trampni Trump Organization kompaniyasi sodir etgan ehtimoliy jinoyatlarni tergov qilish doirasida sudga hujjatlarni taqdim etmagani uchun har kuni 10 ming dollardan jarima to‘lashga hukm qildi.

Tramp bu jarimani sud talabini bajarmaguniga qadar to‘laydi.

Avvalroq Manxetten prokuraturasi Trump Organization kompaniyasi va uning moliyaviy direktori Allen Vaysselbergni soliq qonunchiligini buzganlikda ayblagandi. Ma’lumot berilishicha, kompaniyada 15 yil davomida soliq to‘lamaslik sxemasi amal qilib kelgan.

Mavzuga oid
Top