19:58 / 25.04.2022
13878

Yevrokomissiya raisi dunyo mamlakatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Yevrokomissiya raisi Ukrainadagi voqealar Hind-Tinch okeani mintaqasiga ta’sir qilishini aytdi.

Foto: Reuters

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen butun dunyodagi mamlakatlarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

"Sanksiyalar hech qachon mustaqil qaror hisoblanmaydi. Ular diplomatik va xavfsizlik unsurlarini o‘z ichiga olgan keng strategiyaga asoslangan. Shu boisdan sanksiyalarni uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqdik. Va biz xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolarini mustahkam tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz", - dedi u. 

Yevrokomissiya raisi Ukrainadagi voqealar Hind-Tinch okeani mintaqasiga ta’sir qilishini aytdi. 

"Ukrainadagi voqealar Hind-Tinch okeani mintaqasiga ta’sir qiladi. Ikki yillik COVID pandemiyasidan jabrlangan mamlakatlar endi bug‘doy, energiya va o‘g‘itlar narxi oshishiga duch keladi", - dedi u. 

Fon der Lyayyen Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar "nafaqat Yevropaning kelajagini belgilashi, balki Hind-Tinch okeani mintaqasi va dunyoning boshqa joylariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatishi"ni ta’kidladi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top