20:00 / 26.04.2022
282923

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Foto: Yodju texnika instituti

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar,

Institut iqtisodiyotning turli sohalarida talabga javob beradigan, zamonaviy kasbiy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va O‘zbekiston hududida institut tomonidan berilgan diplom to‘laqonli tan olinadi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 yil 24 iyuldagi №OT 0002 (0059) davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyat olib boradi. Shuningdek, 2022 yil O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazgani to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

 

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

- IELTS 6.5 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadi;

- so‘nggi 2 yil ichida matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, biologiya, kimyo va tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-kursiga tegishli ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadilar;

- kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘qishni grant asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Har yili institut ta’sischilari tomonidan yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim granti ajratiladi;

- kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘quv kurslari davomida Koreya Respublikasining bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan Hanyang University, Busan University, Chung Cheong University, Chosun University, Gachon University, Jeoju University va Yeoju Institute of Technologies ta’lim dargohlarida “2+2” yoki “3+1” dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.

Bakalavr yo‘nalishlari va kirish imtihoni fanlari quyidagicha:

*Ushbu yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.

*Ushbu yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.
** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas.
** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas.
** Ushbu yo‘nalishlarda kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud emas.

Germaniyaning IU International University of Applied Sciences universiteti bilan hamkorlikda tayyorlanadigan qo‘shma magistratura mutaxassisliklari uchun:

***Ushbu qo‘shma magistratura yo‘nalishlariga hujjatlar faqat oflayn shaklda qabul qilinadi.

Hujjatlar qabuli 2022 yilning 1 avgustiga qadar oflayn va onlayn tartibda institutning rasmiy veb-sayti orqali www.ytit.uz (admission.ytit.uz)  amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi zaruriy hujjatlar taqdim qilinadi:

  • Pasport yoki ID nusxasi (rangli);
  • Bakalavr yo‘nalishlari uchun: litsey yoki kollej diplomi/umumiy o‘rta ta’lim maktabi attestati nusxasi (rangli);
  • Magistratura mutaxassisliklari uchun: oliy ta’lim diplomi nusxasi (ilovasi bilan) yoki ma’lumotnoma;
  • Elektron fotosurat (3,5 sm×4,5 sm) – oxirgi 3 oy ichida tushirilgan;
  • Agar mavjud bo‘lsa, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS - 5.5/ CEFR - B1/ DuoLingo - 85/ TOEFL - 58/ TOPIK - 3 va yuqori natijali rasmiy sertifikat nusxasi (rangli).

Ingliz tili hamda koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarga mazkur fanlar uchun kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi va til bilish bilan bog‘liq bo‘lgan imtihondan ozod etiladilar.

Manzil: 100121, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy.

Mo‘ljal: Janubiy vokzal.

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 1294040 (ichki raqam 1).

Institutning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.ytit.uz

Telegram: t.me/yodju

Facebook: www.fb.com/ytit.uz

Instagram: @ytit.uz

YouTube: https://bit.ly/3k8uak9

Reklama huquqi asosida

Top