07:45 / 27.04.2022
3896
O‘zbekistonning qancha aholisi shaharlarda yashashi ma’lum qilindi

Respublikaning demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikaning  demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

aholi soni – 35,4 mln kishi, ayollar soni – 17,6 mln kishi, erkaklar soni – 17,8 mln kishi.

  • shaharda yashovchilar – 18 mln kishi, qishloqda yashovchilar – 17,4 mln kishi;
  • tug‘ilish soni – 203,7 ming kishi, o‘limlar soni – 40,4 ming kishi; 
  • nikohlar soni – 57,9 mingta, ajrimlar soni – 12,2 mingta;
  • tashqi migratsiya: ko‘chib kelgan – 0,4 ming kishi, ko‘chib ketgan – 1,2 ming kishi.
Mavzuga oid
Top