14:55 / 27.04.2022
11723

Qozog‘istonda Nazarboyevning vakolat va imtiyozlari to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish rejalashtirilmoqda 

Ushbu qonun bilan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga qator vakolat va imtiyozlar ajratilgandi.

Foto: Reuters

Qozog‘iston Konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlarda birinchi prezident to‘g‘risidagi qonunning amal qilishini to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Bu haqda parlament quyi palatasi spikeri Yerlan Koshanov ma’lum qildi.

Ushbu qonun bilan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga qator vakolat va imtiyozlar ajratilgandi.

"Tuzatishlar bilan elboshi maqomi bekor qilinadi. Konstitutsiyada Nazarboyev davlat asoschisi sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu norma qabul qilinganidan so‘ng birinchi prezident to‘g‘risidagi qonun ham o‘z kuchini yo‘qotadi", - dedi Koshanov. 

Hozirda Qozog‘istonda ishchi guruh mamlakat Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish ustida ish olib bormoqda.

 Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini 2019 yil martda topshirgandi.

2022 yil yanvardagi tartibsizliklardan so‘ng Qozog‘iston parlamenti Nazarboyevni Xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilish huquqidan mahrum etgandi.

Mavzuga oid
Top