09:34 / 27.04.2022
4604
YHXX boshqarmalarida maktablar bilan ishlovchi inspektor lavozimi joriy etildi 

“Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi umumiy shtatlar doirasida joriy etildi.

Maktablarda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.
 
2022 yil 1 sentabrdan “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bog‘cha tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilarga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

“Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubini tashkil etish va “Yashil chiroq” musobaqasini o‘tkazish tartiblari tasdiqlandi. Klubga 9-11-sinf o‘quvchilari a’zo bo‘lishi mumkin. “Yashil chiroq” musobaqasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Top