09:28 / 28.04.2022
8912
29 aprel kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 29 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Jizzax va Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top