20:39 / 28.04.2022
16724

Bolgariya o‘z fuqarolarini Moldovani tark etishga chaqirdi

Bolgariya tashqi ishlar vazirligi shuningdek, Moldovada vaqtinchalik yoki doimiy yashaydigan vatandoshlarga vazirlik saytida ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilgan. 

Foto: Reuters

Bolgariya tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini Moldovani tark etishga chaqirdi.

"Moldova Respublikasi va uning atrofidagi murakkab vaziyatni hisobga olib, vatandoshlarimizni bu mamlakatga safar qilmaslikka chaqiramiz. Moldova Respublikasidagi fuqarolarimizni hozirda mavjud transport vositalari yordamida mamlakatni tark etishga chaqiramiz", - deyiladi Bolgariya TIV xabarida.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi shuningdek, Moldovada vaqtinchalik yoki doimiy yashaydigan vatandoshlarga vazirlik saytida ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilgan.

Dushanba kuni tan olinmagan Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasida uch marta portlashlar sodir bo‘ldi. Hududda terrorchilik xavfining "qizil" darajasi joriy etildi.

Mavzuga oid
Top