16:50 / 28.04.2022
29506
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 200 so‘mdan pastga tushdi

Dollar kursi qatorasiga beshinchi kun pastlab, bir kun oldingiga qaraganda 20,26 so‘mga arzonlashdi va 11 179,80 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,26 so‘mga pastlab, 11 179,80 so‘mni tashkil qildi. Yevro 126,59 so‘mga pastlab, 11 761,15 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,49 so‘mga ko‘tarilib, 152,76 so‘m bo‘ldi.

Bundan avval ushbu valuta kursi ketma-ket to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng 11 200,06 so‘mni tashkil qilgandi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan jahon bozorida yuzaga kelgan vaziyat O‘zbekistonga ham ta’sir qila boshlagach, mart oyi o‘rtalarida dollar kursi keskin ko‘tarila boshlagan, 15 mart kuni tijorat banklarida ilk bor dollar kursi 11 200 so‘mdan oshgandi, keyingi kunlarda tezkor sur’atlardagi o‘sish davom etib, bir dollar 11 500 so‘mdan ham oshib ketdi. 24 mart kuni kurs rekord - 11 509,59 so‘mgacha ko‘tarilgandi.

Kurs aprel oyining ikkinchi yarmidan tusha boshladi.

Mavzuga oid
Top