07:39 / 28.04.2022
2749
O‘zbekistonda uch oyda 203 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi.

Foto: Shutterstock

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda 203 670 nafar chaqaloq tug‘ilganligi qayd etilgan. 

Yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar: 

  • o‘g‘il bolalar soni – 104 777 nafar;
  • qiz bolalar soni – 98 893 nafar.

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (24 265 nafar) qayd etilgan. Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyatida (5 422 nafar) kuzatilgan.

Avvalroq 2022 yil boshidan beri qaysi hududda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 24 265 ta holat. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 21 965 ta va 20 955 ta tug‘ilish holati kuzatilgan Farg‘ona viloyati hamda Qashqadaryo viloyati joy oldi.

Top