14:51 / 28.04.2022
13697

Qirg‘iziston bosh vaziri shifoxonaga yotqizildi

Aqilbek Japarov yurak sohasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. 

Foto: kenesh.kg

Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov o‘zini yomon his qilgani uchun shifoxonaga yotqizildi.

Xabar qilinishicha, 57 yoshli siyosatchi yurak sohasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan.

Japarov kardiologiya va terapiya milliy markaziga yotqizilgani aytilmoqda.

Tekshiruvlar Aqilbek Japarovda miokard infarkti yuz bermaganini ko‘rsatgan.

Shifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholashmoqda.

Japarov bir necha kun shifokorlar nazoratida bo‘ladi. 

Top