17:07 / 28.04.2022
10905

Sirdaryoda haydovchisi uxlab qolgan Damas piyodalar o‘tish ko‘prigiga urildi

To‘qnashuv oqibatida haydovchi turli darajada tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Damas esa yaroqsiz holga kelgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 28 aprel kuni soat 6:00 larda Guliston shahri, O‘zbekiston shohko‘chasida Damas  mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1993 yilda tug‘ilgan haydovchi X.T. Damas mashinasini boshqarib ketayotib uxlab qolgan. Shundan so‘ng u boshqaruvini yo‘qotgan va mashina piyodalar o‘tish ko‘prigi ustuniga urilgan. Oqibatda, haydovchi X.T. turli darajalarda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Guliston shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgandi.

Top