13:55 / 29.04.2022
37831
Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar. Urush suratlari

28 aprel kuni Kiyevga prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish keldi — xuddi shu kuni shaharga raketa hujumi amalga oshirildi. AQSh Vakillar palatasi 417 ovoz bilan (10 ta qarshi ovoz) Ukrainaga lend-liz dasturi bo‘yicha qurol yetkazib berishni ma’qulladi. Ukraina bosh prokuraturasi Buchada «tinch aholiga shafqatsiz muomalada bo‘lish va harbiy qonunlarni buzish»da gumonlangan 10 nafar rossiyalik harbiy nomini ma’lum qildi. Kiyev oblasti qishloqlarida Rossiya ishg‘oli chog‘ida halok bo‘lganlarni dafn qilish marosimlari davom etmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish
Ukrainian Presidential Press Office via AP

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • 28 aprel kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Kiyevga raketa zarbalari yo‘lladi, BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun kelgan vaqtda shaharga ikkita raketa kelib tushgan, 10 kishi jabrlangan.
  • Zelenskiy Ukraina Mariupoldan insonlarni evakuatsiya qilish uchun kechiktirib bo‘lmas muzokaralarga tayyorligi va BMTning qo‘llovidan umidvorligini ma’lum qildi. 
  • Amerika nashrlari manbasi Donbass regionida rossiyalik harbiylarning harakati Ukraina kuchlari qattiq qarshilik ko‘rsatayotgani uchun, bundan tashqari logistikadagi muammolar tufayli «sekin va notekis» kechayotgani haqida aytdi.
  • AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yordam uchun Kongressdan yana 33 mlrd dollar so‘radi, u bu kichik mablag‘ emasligi, ammo Vashington Rossiyaning vahshiyligi va tajovuzi qarshisida jim tura olmasligini ma’lum qildi.
  • Ukrainada mamlakat qurolli kuchlari safida jang qilgan Amerika fuqarosi halok bo‘lgan. 22 yoshli Jozef Kenselning onasining CNN efirida aytishicha, sobiq dengiz piyodasi bo‘lgan o‘g‘li xususiy harbiy kompaniya bilan shartnoma imzolab, Ukrainadagi urushga ko‘ngilli sifatida jo‘nab ketgandi.
  • AQSh kongressi Vakillar palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni soddalashtirish (lend-liz) ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu qonunga ko‘ra, Bayden ma’muriyati byurokratik tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda bitimlar tuzishi va Ukrainaga qurollarni haqini keyin to‘lash sharti bilan bepul yetkazib berishi mumkin.

Quyida 28 aprel kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Dnepropetrovsk oblasti

Krivoy Rog atrofidagi ko‘prikda «Jahannamga xush kelibsan, rossiyalik bosqinchi» yozuvi bitilgan transparant
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Dneprdagi qochqinlarni qabul qilish markazida. Foto: Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Krivog Rog atrofida zirhli texnikada ketayotgan ukrain harbiylari. Foto: Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Lvov 

Jangda halok bo‘lgan safdoshlari — Oleg Skibik, Dmitriy Xaritonov va Vladimir Gorniylarning tobutlarini olib ketayotgan ukrain askarlari
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Lvovdagi yodgorlik oldida turgan qiz, yodgorlik korpusi bombalardan himoyalash uchun o‘rab qo‘yilgan
Leon Neal / Getty Images

Jitomir oblasti

Lyubov (85 yoshda) XIX asrga mansub yog‘ochdan qurilgan cherkov oldida, Vyazovka qishlog‘idagi cherkov Rossiya harbiylari tomonidan yo‘llangan raketa zarbalaridan jiddiy shikastlangan. Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Velosipedda ketayotgan Jitomir hududiy mudofaa qismi jangchisi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Ukraina armiyasi harbiy xizmatchisi Donetsk oblastidagi okopda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylarining Ukraina sharqidagi Liman temiryo‘l uzelini o‘qqa tutishi oqibatlari
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Vladimir Krilovskiy (62 yoshda) rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan Liman shahridagi uyi oldida. Krilovskiylar oilasi bu vaqtda garaj yerto‘lasida yashiringan. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev va Kiyev oblasti

Kiyev oblasti Borodyansk rayonining Zagalsi qishlog‘idan bo‘lgan Vladimir Tixonov (76 yosh) o‘z garaji darvozasidagi o‘q va oksolkalardan hosil bo‘lgan teshiklarni ko‘rsatmoqda. Foto: Alexey Furman / Getty Images
O‘g‘li tobuti ustida yig‘layotgan Vera Pilipenko. Uning o‘g‘li hududiy mudofaa qismiga xizmatga kirgandi va Buchada rossiyalik harbiylar tomonidan otib tashlangan. Sergeyni ona qishlog‘i Mirotskoyeda dafn qilishdi. Foto: Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Ivana Frankodagi Dramatik teatrda spektakl tomosha qilayotgan ukrainlar
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Kiyevga tashrifi vaqtida rossiyalik harbiylar shaharga raketa zarbalari yo‘lladi
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Kiyevdagi portlashlar hududida ishlamoqda. Ukraina poytaxtiga hujum prezident Volodimir Zelenskiy va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi yakunlanishi bilan amalga oshirildi. Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Politsiya va qutqaruvchilar Kiyevda raketa kelib tushgan joyda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida o‘n kishi yaralanib, kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Favqulodda xizmatlar xodimlari portlash hududida ishga kirishmoqda. Foto: AP Photo/Emilio Morenatti
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top