12:15 / 29.04.2022
7292
«Inomarka»lar asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 

3 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 4482 ta mashina. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2101 ta va 1019 ta «inomarka» olib kelingan Koreya hamda Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 741 ta;
  • AQSh – 70 ta;
  • Yaponiya – 27 ta;
  • Germaniya – 23 ta;
  • Tailand – 10 ta;  
  • BAA – 9 ta; 
  • Hongkong – 7 ta.

Bundan oldin O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi 2,7 barobarga oshgani xabar berilgandi

Mavzuga oid
Top