20:35 / 30.04.2022
17701
Bir guruh tinch aholi vakillari qamal qilingan "Azovstal" hududidan chiqdi 

Zavod hududini 25 kishi tark etgan. Ularning 19 nafari kattalar va 6 nafari bolalardan iboratligi aytilmoqda. 

Foto: RIA Novosti

Bir guruh tinch aholi vakillari "Azovstal" zavodi hududidan evakuatsiya qilindi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi. 

Ma’lumot berilishicha, zavod hududini 25 kishi tark etgan. Ularning 19 nafari kattalar va 6 nafari bolalardan iboratligi aytilmoqda.

“Azovstal”da Ukraina qurolli kuchlarining 36-dengiz piyodalari brigadasi harbiylari va “Azov” guruhi jangchilari joylashgan. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, zavodda harbiylardan tashqari mingga yaqin tinch aholi vakillari bor. 

19 aprel kuni DXR “Azovstal” shturmi boshlanganini ma’lum qildi. Mariupol shahar kengashi zavod hududiga bunker buzuvchi juda kuchli bombalar tashlanganini ma’lum qilgan, o‘sha kuni “Azov” vakillari zavod “deyarli butunlay yakson bo‘lgani”ni xabar qilishdi.

21 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Azovstal” shturmini bekor qilishni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emas. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top