23:10 / 30.04.2022
11573
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukrainani «sog‘lom aql bilan» ish tutishga chaqirishini aytdi

Turkiya prezidenti Anqara BMT rahbariyati ostidagi muloqot guruhiga Ukrainadagi jangovar harakatlar borayotgan hududlardan tinch aholini evakuatsiya qilish masalasida yordam berishga tayyorligini bildirdi. 

Foto: RIA Novosti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqotida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar berdi NTV telekanali. 

BMT bosh kotibi Erdo‘g‘anni Rossiya va Ukraina rahbariyati bilan muloqoti to‘g‘risida xabardor qildi. O‘z navbatida, Turkiya prezidenti Anqara BMT rahbariyati ostidagi muloqot guruhiga jangovar harakatlar borayotgan hududlardan tinch aholini evakuatsiya qilish masalasida yordam berishga tayyorligini bildirdi. 

Erdo‘g‘an shuningdek, Turkiya «Ukraina va Rossiyani sog‘lom aql bilan va yarashish asosida harakat qilishga chaqirishda davom etishi»ni ta’kidladi.

Turkiya prezidenti va BMT bosh kotibi 25 aprel kuni Anqarada uchrashuv o‘tkazgandi.

Guterrish ertasi kuni Moskvaga bordi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

28 aprel kuni BMT bosh kotibi Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top