14:06 / 30.04.2022
12516
Germaniya Italiyani Haaga sudiga berdi

Germaniya Italiyani xalqaro sud qaroriga qaramasdan, natsistlar jinoyatlari uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha Germaniyaga qarshi yangi da’volar kiritganlikda ayblamoqda.

Foto: Picture Alliance

Germaniya ikkinchi jahon urushi yillarida sodir etilgan natsistlar jinoyatlari uchun kompensatsiya to‘lash borasidagi nizo sababli Italiyani Haagadagi BMT xalqaro sudiga berdi

GFR Italiyani xalqaro sudning 2012 yildagi qaroriga qaramasdan, kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha Germaniyaga qarshi yangi da’volar kiritganlikda ayblamoqda. 

BMT xalqaro sudi o‘n yil avval Germaniya Italiyadagi natsizm qurbonlariga individual kompensatsiyalar to‘lamasligi to‘g‘risida hukm chiqargandi. 

Germaniya hukumati kompensatsiya masalasi ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha imzolangan davlatlararo kelishuvlar doirasida hal etilgan deb hisoblamoqda.

Italiya sudiga Germaniya individual kompensatsiya to‘lashini talab qilib 25ta da’vo kiritilgan, bulardan 15tasi da’vogarlar foydasiga hal qilingan.

Top