21:44 / 30.04.2022
8972
Hindistonda Xiaomi kompaniyasining 725 mln dollar mablag‘i musodara qilindi 

Qayd etilishicha, Xiaomi India shu’ba kompaniyasi xorijga noqonuniy pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. 

Foto: Getty Images

Hindiston hukumati Xiaomi kompaniyasining 725 mln dollar mablag‘ini musodara qildi. Bu haqda mamlakat moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, kompaniya xorijga noqonuniy pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan.

Boshqarma kompaniya faoliyatini 2021 yil fevralda tekshirishni boshlagandi. Tergov xulosasiga ko‘ra, Xiaomi India shu’ba kompaniyasi xorijdagi uchta tashkilotga noqonuniy ravishda pul o‘tkazgan.

«Bunday katta miqdordagi mablag‘ Xitoydagi bosh kompaniya ko‘rsatmasi bilan o‘tkazilgan»,— deyiladi boshqarma bayonotida.

O‘tgan yil dekabrda kompaniyaning Hindistondagi bosh ofisi daromad solig‘i to‘lamaganlik ishi bo‘yicha alohida tekshiruvdan o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid
Top