14:48 / 30.04.2022
33753
O‘qqa tutilishi davom etayotgan «Azovstal» va Donbassda portlatilgan ko‘prik. Urush suratlari

Urushning 65-kuni o‘tdi. Ukraina qurolli kuchlari Donetsk yo‘nalishidagi pozitsiyalari o‘qqa tutilayotganini ma’lum qilgan. Kiyevdagi turar joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida «Radio Svoboda»ning Ukraina bo‘limi jurnalisti  Vera Girich halok bo‘lgan. Bryansk oblasti gubernatori chegara hududlardagi posyolkalar minomyotlardan o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan. RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov intervyusida muzokaralar har kuni olib borilayotgani va unda sanksiyalarni bekor qilish masalasi ham muhokama qilinayotganini aytdi.

Mariupol

«Azovstal» metallurgiya zavodi korpusidan chiqayotgan tutun. 21 aprel kuni Putin sanoat hududi shturmini to‘xtatishni buyurgandi, ammo hudud qamalda va zarbalar ostida qolmoqda. Zavodda harbiylardan tashqari tinch aholi vakillari ham yashiringan.
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Mariupollik kishi shikastlangan binoda. Uy mebellarining bir qismi endi ko‘chada
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
DXR harbiylari Mariupoldan chiqayotganlarni tintimoqda
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA

Zaporojye 

Mahalliy aholi vakillari va favqulodda xizmatlar xodimlari zararlangan avtomobilni surishmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Mahalliy aholi Rossiya raketa zarbalaridan keyin hududni tozalamoqda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Molotov kokteyllarini Rossiya tankining qaysi qismiga otish kerakligi o‘rgatilgan banner
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Zaporojyening zarbalardan keyingi ko‘rinishi. Qush parvozi balandligidan olingan surat
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev va Kiyev oblasti

 

Irpenda vayron bo‘lgan uy, Kiyev atrofi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

 

Odamlar raketa zarbalari vaqtida oynalari sinib ketgan deraza o‘rnini yopish uchun darpardalar tayyorlamoqda
Valeria Ferraro / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Shimoliy Donets daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik ko‘rinishi. Ko‘prik ukrain harbiylari tomonidan portlatilgan. Bu vaqtda ko‘prikdan Rossiya armiyasi yuk vagonlari o‘tayotgan bo‘lgan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain askari Kramatorskdagi supermarketdan chiqmoqda. Foto: Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi o‘z pozitsiyasida
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Slavyanskda yonib ketayotgan dala maydoni
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Rubejnoyeda artilleriya zarbalari vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari dafn qilinmoqda
Stanislav Krasilnikov / TASS
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top