09:43 / 30.04.2022
5890
O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘istondan olib kirilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-mart oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,8 foiz.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 25,1;
  • Braziliya – 11,9;
  • Belarus – 4,2;
  • Pokiston – 4;
  • boshqa davlatlar – 22,5.

Qo‘mita 2022 yilning yanvar-mart oylarida yuqoridagi davlatlardan import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ham ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

  • Qozog‘iston – 309,7 mln;
  • Rossiya – 205,2 mln;
  • Braziliya – 97,5 mln;
  • Belarus – 34,3 mln;
  • Pokiston – 33,2 mln;
  • Ekvador – 17 mln;
  • Turkiya – 14,7 mln;
  • Xitoy – 12 mln;
  • Eron – 11,8 mln;
  • Ukraina – 10,8 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
Top