11:51 / 30.04.2022
3323

Termiz muhandislik-texnologiya institutiga rektor tayinlandi

Mazkur OTM avvalroq Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali bo‘lgan. Prezident qarori bilan mustaqil OTMga aylantirilgan.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 apreldagi 227-sonli qarori bilan O‘rol Choriyevich Ahmedov Termiz muhandislik-texnologiya institutining rektori etib tayinlangan.

Prezidentning 2021 yil 3 dekabrda imzolagan qarori bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etilgandi.

Qarorga ko‘ra, institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sanaladi.

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha institutda o‘qishni davom ettiradi.

Institut, jumladan:

  • xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantiradi;
  • ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmi oshiriladi;
  • institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko‘riladi.

Mavzuga oid
Top