14:33 / 30.04.2022
13669
Turkiya NATO mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortdi

Turkiyaning bunday yo‘l tutishiga Gretsiyaning mashg‘ulotlar ssenariysiga texnik qo‘shimchalar kiritgani sabab bo‘ldi.  

Foto: Anadolu Agency

Turkiya harbiy-havo kuchlari vakillari 9-20 may kunlari Gretsiyada bo‘lib Tiger Meet NATO harbiy mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortdi

Turkiyaning bunday yo‘l tutishiga Gretsiyaning ikki mamlakat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bo‘yicha provokatsiya uyushtirish maqsadida mashg‘ulotlar ssenariysiga texnik qo‘shimchalar kiritgani sabab bo‘ldi. 

Anqara Afinaning bu harakatini xalqaro huquqqa zid deb atadi.

Turkiyaning mashg‘ulotlar ssenariysiga qo‘shimchalarni olib tashlash to‘g‘risidagi talabi rad etildi. Bunga javoban Turkiya harbiylari Tiger Meet mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. 

«Gretsiyaning pozitsiyasi NATO doirasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlarga putur yetkazadi. Bundan tashqari, Turkiyaning huquq va manfaatlariga ziyon yetkazishga urinish hisoblanadi», - deyiladi Turkiya tomonining bayonotida.

Mavzuga oid
Top