15:34 / 30.04.2022
11594

Umumxalq xayriya hasharida “Dunyo-M” AJ xodimlari ham qatnashdi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 30 aprel kuni yurtimizda "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Foto: Dunyo-M

Ushbu tashabbus barcha hududlarda korxona-tashkilotlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Xayriya hasharida “O‘zdonmahsulot” AK tizimiga qarashli “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari ham faol qatnashmoqda. Ushbu korxona Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib boradi.

Foto: Dunyo-M
Foto: Dunyo-M
Foto: Dunyo-M

Eslatib o‘tamiz, “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibida bir qator ishlab chiqarish sexlari ishlab turibdi. Jamiyatda 500 ga yaqin doimiy va mavsumiy ishchi-xodimlar mehnat qiladi.

Foto: Dunyo-M

Bugun erta tongdan jamiyat xodimlari tashkilotga qarashli barcha hududlarda hashar uyushtirdilar. Xususan, “Yashil makon” loyihasi asosida barpo etilgan bog‘-rog‘larda tozalash, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ko‘cha va gulzorlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlar oqlandi.

“Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati

Mavzuga oid
Top