18:54 / 30.04.2022
9126
Xitoyda olti qavatli bino qulashi oqibatida qariyb 40 kishi bedarak yo‘qoldi 

Bedarak yo‘qolganlardan tashqari, 23 kishi vayronalar ostida qolgani aytilmoqda. 

Foto: CNS/AFP/China OUT

Xitoyning Chansha shahrida olti qavatli bino qulashi natijasida 39 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.

Xabarda aytilishicha, binoda do‘konlar, umumiy ovqatlanish muassasalari hamda kichikroq mehmonxona joylashgan bo‘lgan.

Bedarak yo‘qolganlardan tashqari, 23 kishi vayronalar ostida qolgani aytilmoqda. Qutqaruvchilar besh kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Bino qulashi sababi hozircha aniq emas, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top