15:30 / 02.05.2022
25363
«Azovstal»dan tinch aholi olib chiqilmoqda, ukrainlar otalari va bolalarini xotirlamoqda. Urush suratlari

Urushning 67-kuni o‘tdi. Donbassda janglar davom etmoqda. AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Kiyevga tashrif buyurib, Ukrainani qo‘llab-quvvatladi. Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududini tark etganlar evakuatsiya punktlarida yaqinlari bilan uchrashmoqda. Kiyev oblastidagi bolalar halok bo‘lgan ota-onalarini dafn etishmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi. Pelosi — urush boshidan beri Ukrainaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali amerikalik siyosatchi bo‘ldi. Zelenskiy spikerga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, buni «AQSh tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanish belgisi» deb atadi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati  / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:

  • 1 may kuni Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan 100 nafarga yaqin tinch aholi evakuatsiya qilindi. Bugun, 2 may kuni evakuatsiya BMT va Qizil Xoch tashkiloti ko‘magida davom etishi kerak. Odamlarni olib chiqish uchun Mariupoldan ketadigan evakuatsiya karvoniga chiqish uchun ikkita qo‘shimcha joy kelishib olindi. Bu Berdyansk yaqinidagi Mangush qishlog‘i va Lunachar halqasi.
  • Yevropa Ittifoqi vazirlar kengashining energetika masalalari bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi ham bugun bo‘lib o‘tadi, unda asosiy mavzu Kreml talab qilganidek, Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish bo‘ladi.
  • Bank asoschisi, tadbirkor Oleg Tinkovning ta’kidlashicha, urushni qoralagan postidan keyin Rossiya hukumati uni Tinkoff bankidagi 35 foiz ulushini sotishga majburlagan va milliylashtirish bilan tahdid qilgan.
  •  Rossiyadagi Katta (Bolshoy) teatr Kirill Serebrennikovning «Nureyev» baleti va Timofey Kulyabinning «Don Paskuale» operasini bekor qildi. Sabablari haqida xabar berilmagan. Ikkala rejissyor ham Ukrainadagi harbiy amaliyotga qarshi chiqqan.
  • Yakkalik bahslarida dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, britaniyalik Endi Marrey Rossiya va Belarus tennischilarining Uimbldon tennis turnirida ishtirok etmasligini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.
  • Aktrisa va BMTning yaxshi niyat elchisi Anjyelina Joli Lvov oblastining Borislav shahriga yetib keldi. Borislavda u Lugansk oblastidan evakuatsiya qilingan bolalar istiqomat qiladigan «Garmoniya» reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.

Quyida 1 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev oblasti

10 yoshli bola Irpen o‘qqa tutilishi paytida halok bo‘lgan otasining qabri yonida turibdi.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Irpen hududiy mudofaa jangchisi bo‘lgan 31 yoshli Oleksandr Mojyeykoning onasi Rossiya armiyasi okkupatsiyasi vaqtida o‘ldirilgan o‘g‘lining qabri tepasida yig‘lamoqda. Foto: AP Photo/Emilio Morenatti
Irpen hududiy mudofaa qismi va Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Rossiya armiyasi okkupatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan safdoshlarini xotirlamoqda. Foto: AP Photo/Emilio Morenatti

Mariupol 

Mariupoldan evakuatsiya qilingan «Azovstal» zavodi xodimi o‘g‘li bilan uchrashmoqda. Uning o‘smir yoshidagi o‘g‘li avvalroq shaharni qarindoshlari bilan tark etgandi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evakuatsiya qilingan mariupolliklar Qizil Xoch jamiyati xodimlari hamrohligida Rossiya ta’siridagi harbiylar nazoratiga o‘tgan hududdan o‘tib ketmoqda. Ular keyinroq Ukraina nazoratidagi hududga olib o‘tiladi. Yakshanba kuni Zelenskiy «Azovstal»dan 100 nafar atrofidagi tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgandi.

Donbass shimoli

Rubejnoyeda ishdan chiqarilgan mashina. Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 2 may kuni «dushmanning asosiy harakatlari shaharni to‘liq nazoratga olishga yo‘naltiriladi». Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS
Slavyanskda yashovchi 78 yoshli ayol yerto‘lasida murabbo solingan bankani olmoqda. Shahar uchun janglar davom etmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti

Xarkov oblastidagi qishloqda yashovchi kishi bombapanagohga aylangan yerto‘lasida turibdi.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari tankni ta’mirlamoqda.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporojye

Zaporojyelik temirchi ustaxonasida o‘q o‘tkazmaydigan zirhlar yasamoqda. Urushdan oldin u hamkasbi bilan birga qurol-yarog‘ va qilich yasardi.
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
O‘qqa chidamli plastinlarni sinovdan o‘tkazish jarayoni.
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Energodar

Rossiya harbiy kolonnasi Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi (dunyodagi eng yirik o‘ntadan biri) hisoblangan Zaporojye AESga olib boruvchi yo‘lda. Rossiya mart oyi o‘rtalaridan buyon Zaporojye AESni nazorat qilmoqda. 4 martga o‘tar kechasi otishmalar oqibatida hududda yong‘in chiqqandi — o‘quv va laboratoriya binolari yonib ketgan. Radiatsiya darajasi normal saqlanib turibdi. Zelenskiyning aytishicha, Ukrainada 15 ta energoblok bor, ulardan oltitasi Zaporojyeda, agar ular portlasa, oqibatlari dahshatli bo‘ladi.
AP / Scanpix / LETA

Lvov

Lvov markazida tashkil etilgan o‘yin. Nishonga Putinning portreti tushirilgan va shunday yozilgan: «Nishonga tekkiza olmaslik uyat emas, o‘q otmaslik uyat». Foto: Carolyn Cole / Los Angeles Times / Getty Images
Lvovdagi Avliyo Pyotr va Pavel ibodatxonasida ibodat qilayotgan askarlar. Ko‘plab ikonalar bombardimonlardan himoyalanish uchun o‘rab qo‘yilgan. Foto: Carolyn Cole / Los Angeles Times / Getty Images
Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top