10:54 / 02.05.2022
9980
O‘zbekiston qoramol go‘shti importini 1,8 barobarga oshirdi

2022 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 9ta davlatdan 10,4 ming tonna qoramol go‘shti import qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 79 foizga ko‘p. Import go‘shtning 61 foizi Belarus hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Kun.uz

Qoramol go‘shti importi 4,6 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 46,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 10,4 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Qayd etilishicha, qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 3 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar orasida Belarus yetakchilik qilmoqda – 6,3 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 2,6 ming tonna;
  • Braziliya – 571 tonna;
  • Ukraina – 437,5 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘istondan olib kirilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top