09:32 / 02.05.2022
5158

Toshkent va Sharm-al-Shayx o‘rtasida muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Kun.uz

Misrdagi kurort shaharga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Joriy yil 7 maydan boshlab Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Misr hududlari o‘rtasidagi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. 

Toshkent – Sharm-al-Shayx – Toshkent yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish: 09:00 (Toshkent vaqti);
  • Sharm-al-Shayxga yetib borish: 11:50 (Sharm-al-Shayx vaqti);
  • Sharm-al-Shayxdan jo‘nab ketish: 13:20 (Sharm-al-Shayx vaqti);
  • Toshkentga yetib borish: 21:30 (Toshkent vaqti).

Bundan oldin Toshkent va Batumi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilayotgani xabar berilgandi.

Top