13:24 / 03.05.2022
28317

«Azovstal»dagilar evakuatsiyasi va Donbassda non tarqatayotgan ko‘ngilli. Urush suratlari

Urushning 68-kunida rossiyalik harbiylar Odessaga raketa zarbalari berishdi; 15 yoshli o‘smir halok bo‘lgan. «Azovstal» zavodidan evakuatsiya davom etmoqda —  Mariupolning 100 dan ortiq tinch aholi vakillari Zaporojyega kelgan. Xarkov va Donbass shimolidagi janglar davom etmoqda.

43 yoshli Nataliya Pototskaya Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markazida yig‘lamoqda, uning nabirasi Matvey unga hayron qarab turibdi
AP Photo/Evgeniy Maloletka

Ukrainadagi urush bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

  • Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar bo‘yicha kengashining 10 may kungi yig‘ilishida ittifoq a’zolari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini qabul qilishi kutilmoqda. Yangi paketga ko‘ra Rossiyadan energiya resurslari eksporti cheklanishi, xususan, Rossiya nefti xaridi uchun embargo qo‘yilishi mumkin - bu chora Moskvani katta daromad oqimidan mahrum etadi.
  • AQSh mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimi ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlari Ukraina sharqidagi asosiy harbiy harakatlar kechayotgan Donbassda yomon boshqaruv, jangovar ruh pastligi va logistikadagi muammolardan qiynalmoqda.
  • BMT va Qizil Xoch 3 may kuni Mariupoldan tinch aholi evakuatsiyasi davom etishiga umid bildirmoqda. Bungacha 30 aprel va 1 may kunlari 100 nafar atrofidagi kishi «Azovstal»ni tark etgandi - ular Ukraina nazoratidagi Zaporojyega olib o‘tilmoqda.
  • Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 3 may kuni videoaloqa orqali Ukraina Oliy Radasida chiqish qiladi. U britanlarning Ukrainaga 375 mln dollarlik navbatdagi harbiy yordam paketi haqida xabar qilgan. Bu yordam radioelektron kurash vositalari, GPS signalini bloklash qurilmalari, tungi ko‘rish vositalari, zirhli avtomobillar va batareyalarga qarshi kurash uchun mobil radiolokatsiya stansiyalarini o‘z ichiga oladi.
  • Xorijiy davlatlar elchixonalari bosqichma-bosqich Ukraina poytaxtiga qaytmoqda. Dushanba kuni Vengriya va Daniya Kiyevda o‘z diplomatik missiyalari o‘z faoliyatini tiklaganini ma’lum qilgandi. Ikki hafta oldin bu haqda Fransiya ma’lum qilgandi. May oyida Buyuk Britaniya va AQSh elchixonalari ham qaytishi kutilmoqda.

Quyida 2 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Mariupol

Rossiyaparast harbiylar «Azovstal» zavodi hududini «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Azovstal» kombinati ustida ko‘tarilgan tutun. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldagi vayron bo‘lgan uylar. Foto: Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
1 may kuni e’lon qilingan videoda «Azov» polki jangchilari «Azovstal» zavodi xarobalari ostidan tinch aholi vakillarini evakuatsiya uchun olib chiqayotgani aks etgan.
Azov Special Forces Regiment of the Ukrainian National Guard via AP
«Azovstal» vayronalari orasida «Azov» polki harbiylari hamrohligida ketayotgan tinch aholi vakillari. «Azovstal»da 2 ming atrofidagi harbiy himoyalanmoqda, zavod hududida yuzlab tinch aholi vakillari ham yashiringan.
Azov Special Forces Regiment of the Ukrainian National Guard via AP

Zaporojye 

Melitopol, Mariupol va Rossiya harbiylari nazoratidagi boshqa shaharlardan kelayotgan qochqinlar.
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiysi Grigoriy va uning rafiqasi Oksana ikki oydan buyon ilk bor uchrashmoqda. Oksana rossiyalik harbiylar nazoratidagi Mixaylovkadan Zaporojyega kelishga muvaffaq bo‘lgan.
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Mariupoldan Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markaziga olib kelingan bola ota-onasi ro‘yxatdan o‘tkazilishini kutib mashinada o‘tiribdi. Foto: AP Photo/Francisco Seco

Kiyev

Kiyev ko‘chalarida tanklarga qarshi o‘rnatilgan to‘siqlar.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning bosqinning ilk kunlarida urib tushirilgan Su25-SM shturmoviki qoldiqlari Kiyevda ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

  Donetsk oblasti Kramatorsk rayonidagi Liman shahrida non tarqatayotgan yigit deraza taqillatmoqda. Shahar doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Igor rafiqasi Yana va 3 yoshli o‘g‘li bilan Limandan evakuatsiya bo‘lmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari Xarkov oblasti Izyum shahri yaqinidagi pozitsiyada dronni parvozga tayyorlamoqda.
EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top