21:51 / 03.05.2022
9930

Buyuk Britaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketi berilishini e’lon qildi

Ukrainaga raketa tizimlari, zirhlangan mashinalar va radarlar beriladi. 

Foto: PA Images

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson London Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirishini ma’lum qildi

"Yaqin haftalarda kemalarga qarshi Brimstone raketa tizimlari hamda bosib olingan hududlardan odamlarni evakuatsiya qilish uchun zirhlangan mashinalar yetkazib beramiz", - dedi u.

Jonson shuningdek, 300 mln funt sterling miqdoridagi harbiy yordam berilishini aytdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri ukrainaliklar "Putinning yengilmasligi to‘g‘risidagi afsonani yo‘qqa chiqarishgani va o‘z mamlakatlari hayoti va harbiy tarixidagi eng shonli boblardan birini yozgani"ni ta’kidladi.

"Putin harbiy mashinasining yengilmas kuchi ukrain vatanparvarligi va mamlakatga bo‘lgan sevgisiga urilib chilparchin bo‘ldi", - dedi Jonson.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top