17:00 / 03.05.2022
10058

“O‘zmetkombinat”dan innovatsion yechim - Elektron-Navbat

O‘zbekiston Metallurgiya kombinati bugun sohaga innovatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etishga jiddiy kirishmoqda. Buni kombinat ichki tizimini raqamlashtirishdan tashqari, kombinat ishlab chiqarayotgan mahsulotlar savdo tizimini ham raqamlashtirayotganidan bilsa bo‘ladi. Tizimni raqamlashtirish, eng avvalo, kombinat faoliyati shaffofligiga, qolaversa, mehnat unumdorligi va ish sifati oshishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. 

Xaridorlar bilan munosabatlar shaffofligiga erishish maqsadida Axborot texnologiyalari hamda Marketing va mahsulotlarni sotish departamentlari o‘zaro hamkorlikda E-navbat axborot tizimini joriy etdi. E-navbat kombinat va xaridor o‘rtasida aylanayotgan hujjatlar tizimini elektronlashtiradi. Ya’ni, xaridor kombinatga kelmasdan turib ham uning hududiga kirib-chiqishi uchun maxsus ruxsatnoma-barkoddan o‘z mobil telefoni orqali foydalanishi mumkin. Kombinatga kelib mahsulotlarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan xaridor barkodni nazorat o‘tish joyi oldidagi monoblokka skanerlaydi va ekranda xaridorning pasport ma’lumotlari hamda yuk olib ketiladigan mashinaning texnik pasport ma’lumotlari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, nazorat o‘tish joyiga o‘rnatilgan maxsus kameralar hududga kirgan avtomashina raqamini tasvirga tushirish orqali uning hududga kirib-chiqishi uchun maxsus ruxsatnomasini ekranga chiqaradi. 

Shundan so‘ng, xaridor yuqoridagi ma’lumotlar asosida kombinat hududiga kiradi va yuklar ortiladi. Ortilgan yuklarga QR-kod yopishtiriladi. Nazorat o‘tish joyida QR-kod orqali yuklar tekshirib chiqariladi. Shundan so‘nggina, xaridor yuklarni o‘z manziliga yetkazishi mumkin. 

Tizim o‘zining shaffofligi, ish unumdorligi va vaqt tejamkorligi kabi afzalliklarga ega ekani kombinat bilan hamkorlikda ishlovchi deyarli barcha uchun manzur bo‘lmoqda.

"O‘zmetkombinat" dan ijtimoiy tarmoqlar orqali foydali takliflarni kuzatib boring:

Telegram: t.me/umk_matbuot_xizmati

Facebook: fb.com/matbuot

Instagram: instagram.com/umk_matbuot_xizmati/

Reklama huquqi asosida

Top