08:48 / 03.05.2022
16412

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 2022 yil 2 may soat 14:30 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida haydovchilar:

1991 yilda tug‘ilgan U.N. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli;
1987 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli;
1969 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi yana bir "Matiz" rusumli;
1980 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va haydovchi U.N. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top