16:34 / 04.05.2022
12041

Falastin BMTni Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Ta’kidlanishicha, Falastin yerlarida keskinlikning kuchayishiga Naftali Bennet boshchiligidagi Isroil hukumati javobgar hisoblanadi.

Foto: Reuters

Falastin hukumati BMTni falastinliklarga qarshi zo‘ravonliklar sababli Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Falastin tashqi ishlar vazirligi Isroil kuchlarining noqonuniy xatti-harakatlari, mutaassib yahudiylarning Al-Aqso masjididagi fitnalari va Isroil bayrog‘i ostida ibodat qilishga chaqiriqlarini qoraladi.

«Falastin hududidagi buzg‘unchiliklar, zaytun daraxtlarining kesilishi, falastinlik cho‘ponlarga qilingan hujumlar va Silvan shahrida sinagoga qurilishi Isroilning keskinlikni kuchaytirish va okkupatsiyani davom ettirishga urinishini bildiradi», - deyiladi Falastin TIV bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, Falastin yerlarida keskinlikning kuchayishiga Naftali Bennet boshchiligidagi Isroil hukumati javobgar hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top