17:14 / 04.05.2022
12580
O‘zbekiston rossiyalik turistlar tanlovida Turkiyani ortda qoldirdi

May oyi uchun sotib olingan chiptalarning 20 foizdan ortig‘i O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi.

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston rossiyalik turistlar tomonidan may oyida ta’til o‘tkazish uchun eng ko‘p tanlangan mamlakat bo‘ldi, deb xabar berdi “Kommersant’”.

Xabarda aytilishicha, sotib olingan chiptalarning 20 foizdan ortig‘i O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rinda Turkiya (11 foiz) va uchinchi o‘rinda Armaniston (10 foizga yaqin) joylashdi.

Rossiya turoperatorlarining bildirishicha, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklariga sayohat qilishga talab hali ham mavjud. 

Turistlarning kichik oqimi Misrga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, Maldiv orollariga sayohatlar faollashgan. 

Avvalroq O‘zbekistondagi har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo‘lgan kamida 20 million dollarlik bittadan yirik loyiha boshlanishi aytilgandi.

Top