16:45 / 04.05.2022
19881

Rossiya bilan tuzilgan kelishuv NATO kengayishiga to‘sqinlik qilmasligi aytildi

Ma’lumot berilishicha, 23 fevraldan buyon NATOning Sharqiy Yevropadagi kuchlari 10 baravarga ko‘paytirilgan - 40 ming nafarga yetkazilgan.

Foto: AP

Rossiya va NATO o‘rtasida 1997 yilda imzolangan hujjat alyans kengayishiga to‘sqinlik qilmaydi, dedi NATO harbiy qo‘mitasi raisi Rob Bauer.

«NATO — Rossiya akti hali ham mavjud. Ammo u rejalarimizni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaydi»,— deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Financial Times.

«Biz bu kelishuvni buzmaymiz, ammo u bizni zarur harakatlardan to‘xtatolmaydi»,— dedi Rob Bauer.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, 23 fevraldan buyon NATOning Sharqiy Yevropadagi kuchlari 10 baravarga ko‘paytirilgan — 40 ming nafarga yetkazilgan.

1997 yildagi kelishuvga ko‘ra, Rossiya va NATO bir-biriga dushman sifatida qaramaydi va bir-birlarining chegaralarida sezilarli darajadagi harbiy kuchlarni joylashtirmaydi.

Top