01:56 / 04.05.2022
29053

YeChL. «Liverpul» Emeri ertagiga kambek bilan yakun yasab, finalga yo‘l oldi

Foto: Liverpul

Yevropa Chempionlar Ligasida birinchi finalchi aniqlandi. 

Safarda 0:2 hisobida yutqazgan «Vilyarreal» javob bahsining birinchi bo‘limida Dia va Koklenning gollari evaziga o‘rtadagi farqni yo‘qqa chiqardi. Ammo ikkinchi bo‘limda Klopp Jota o‘rniga Diasni maydonga tushirib, vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Mersisayd klubi 12 daqiqa ichida Fabino, Dias va Manening gollari bilan Emeri ertagiga yakun yasadi.

«Liverpul» 28 may kungi finalda «Real» —«Manchester Siti» (birinchi o‘yin — 3:4) juftligi g‘olibi bilan bahs yuritadi. 

YeChL. Yarimfinal. Javob o‘yini
Vilyarreal — Liverpul 2:3

3 may, «Estadio de la Seramika»
Gollar: Dia (3), Koklen (41) — Fabino (62), Dias (67), Mane (74).
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol (Ore, 79), Torres, Estupinyan (Trigeros, 79), Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 68), Kapu, Parexo, Moreno (Chukvueze, 68), Dia (Pako Alkaser, 80). 
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson (Tsimikas, 80), Milner, Alkantara (Jons, 80), Fabino, Keyta (Henderson, 79), Saloh, Mane, Jota (Dias, 46).
Ogohlantirishlar: Kapu (63), Aleksander-Arnold (77), Lo Chelso (81), Pau Torres (85).
Chetlatish: Kapu (86).
Birinchi o‘yin — 0:2.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top