14:23 / 04.05.2022
8983

Yevrokomissiya raisi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bilan tanishtirdi

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini taqdim etdi.

Foto: AFP

Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda rossiyalik ofitserlar va "Buchadagi harbiy jinoyatlarni sodir etganlar hamda Mariupolni qamal qilishga javobgar bo‘lganlar"ga qarshi personal sanksiyalar kiritiladi.

Ikkinchidan, YeI Rossiyaning eng yirik "Sberbank" banki va yana ikkita kredit muassasasini SWIFT tizimidan uzadi.

Uchinchidan, Rossiyaning yana uchta davlat telekanallarini Yevroittifoq hududida namoyish etish taqiqlanadi. Avvalroq YeI hududida RT va Sputnik taqiqlangandi.

To‘rtinchidan, YeI hududida Rossiya kompaniyalariga konsalting va buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish taqiqlanadi.

Beshinchidan, Rossiya neftiga embargo joriy etiladi. 

Fon der Lyayyenning aytishicha, YeIning ayrim davlatlari Rossiya neftiga kuchli bog‘langani sababli embargo bosqichma-bosqich kiritiladi. Xom neftga olti oy davomida, neft mahsulotlariga esa yil oxirigacha, deb aniqlik kiritdi u.

Endi ushbu takliflarni YeI mamlakatlari hukumatlari vakillari ko‘rib chiqishi lozim.

Mavzuga oid
Top