15:55 / 05.05.2022
6872

Jizzaxda XTB va MChJ til biriktirib, 377 million so‘m budjet pulini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishdi

Do‘stlik tumanida XTB va MChJ rahbarlari o‘zaro til biriktirib,  maktablar uchun 86 ta suv isitish qozonlarini qimmat narxlarda xarid qilgani aniqlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda aniqlanishicha, Do‘stlik tumani Xalq ta’limi bo‘limi va “G.F.” MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarga zid ravishda, tumandagi maktablarga jami 86 dona suv isitish qozonlarini o‘rnatish bo‘yicha 762,2 million so‘mlik shartnoma tuzishgan.

So‘ng ushbu isitish qozonlarini 349,8 million so‘mga qimmat narxda xarid qilishgan hamda hisobotlarida 27,2 mln so‘mlik bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 377 million so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top