19:30 / 05.05.2022
4372
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi

O‘zbekistonda har yili ming kishiga nisbatan chaqiruvlar soni 352 tani tashkil etadi. Bu rivojlangan davlatlardan 6-7 baravar ko‘p, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kungi yig‘ilishda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbariga ko‘ra, chaqiruvlarning 15 foizidagina bemorlarni shifoxonalarga yotqizish talab etiladi. Sababi, joylarda oddiy tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilmagani uchun aholi tez yordamga murojaat qilishga majbur.

Qayd etilishicha, mingdan ziyod mahallada tibbiyot punktini tashkil qilish haqida ochiq muloqotda berilgan topshiriq Qoraqalpog‘iston, Namangan va Surxondaryodan boshqa hududlarda yakuniga yetkazilmagan.

“Viloyat hokimlari bir narsani aniq eshitib olsin. May oyi yakuni bilan barcha mahalla tibbiyot punktlari to‘liq ishga tushirilishi shart”, dedi prezident.

Top