09:57 / 05.05.2022
1396
Qoraqalpog‘istonda 5-sinf o‘quvchisining jonsiz tanasi Amudaryodan bir yildan keyin topildi

11 yoshli bolakay bir yil oldin Amudaryo ko‘prigining ostida muz yorilib, suvga tushib ketgandi.

Shu yilning 1 may kuni soat 22:00da Xo‘jayli tumanida 5-sinf o‘quvchisining jonsiz tanasi Amudaryodan oradan 1 yil 4 oy 19 kun o‘tib topilgan. Bu haqda Xo‘jayli tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, marhum Rufat Yerjanov tumandagi «Jayxun» OFYda istiqomat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 yoshli bolakay 2020 yil 13 dekabr kuni soat 14:00larda Nukus shahridan Xo‘jayli tumaniga o‘tadigan Amudaryo ko‘prigining ostida muz yorilib, suvga tushib ketgandi.

Kun.uz marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Top