19:40 / 05.05.2022
6739
Toshkentda qurilayotgan Nest One binosida kichik yong‘in kelib chiqdi

Osmono‘par binoning 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 metr kvadrat maydondagi qurilish materialiga o‘t ketgan, deya ma’lum qildi FVV. Hech kim jabrlanmagan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Bugun, 5 may kuni Tashkent City hududida qurilayotgan Nest One majmuasida yong‘in kelib chiqdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa haqida xabar kelib tushganidan so‘ng 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, soat 17:38 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘inga binoning “D” blok 7-qavatida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv/m maydonda qurilish materialiga o‘t ketgani sabab bo‘lgan.

Hodisa tufayli tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.

Ma’lumot uchun, Nest One'da 2021 yil mart oyida ham yong‘in kelib chiqqan, o‘shanda 2 kv.m maydonda penoplast yongani aytilgandi.

2020 yil dekabrda esa Tashkent City'ning 6-lotida qurilayotgan uylardan birining yerto‘lasida yong‘in chiqqandi.

Mavzuga oid
Top