15:30 / 05.05.2022
29482

Donbassda yong‘inlar, Mariupolda janglar davom etmoqda. Urush suratlari

Urushning 70-kuni o‘tdi. Rossiyalik harbiylar Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududiga bostirib kirishgan. Shturmdan oldinroq hudud o‘qqa tutilgan. Sumi oblastidagi Konotop shahri meri Moskva patriarxatining Ukrainadagi pravoslav cherkovi faoliyatini taqiqladi va bu cherkov mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishini bildirdi. Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini anons qildi, unga ko‘ra Rossiya neftiga embargo qo‘yilishi mumkin. Kremldagilar umummilliy safarbarlik ehtimolini rad etishmoqda.

«Azovstal» metallurgiya zavodidan ko‘tarilayotgan tutun. O‘qqa tutilgandan so‘ng, zavod hududida janglar tiklandi. Ukraina rasmiylari Rossiya qo‘shini hududga bostirib kirganini xabar qildi.
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • O‘tgan tunda frontda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Mariupolda “Azovstal”ni aviatsiya vositasida shturm qilish davom etmoqda.
  • Tunda Kramatorsk aviaraketalar zarbasiga uchradi, Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning xabar qilishicha, bu hujum natijasida turar joy binolariga shikast yetib, tinch aholi vakillaridan kamida 25 kishi halok bo‘lgan.
  • Payshanba kuni BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unga shu oydan kengash rahbarligini egallagan AQSh raislik qiladi.
  • New York Times gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda, ukrainlar Amerika razvedka ma’lumotlariga asoslangan holda ko‘plab rossiyalik generallarni o‘ldirgani haqida yozdi. Shu bilan birga nashr manbalari qayd etishicha, 30 aprel kuni Izyumdagi qo‘mondonlik punktiga zarba berishda bunday yordamga tayanilmagan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu punktga zarba berilishidan oldinroq Rossiya  bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov shu yerda bo‘lgandi.
  • Belgorod oblasti gubernatori Ukraina hududidan turib ikki qishloq o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Jabrlanganlar to‘g‘risida xabar berilmagan.

Donetsk

Donetskdan 15 kilometr masofada, DXR nazoratidagi hududda joylashgan neft bazasida yong‘in chiqdi. Neft baza Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan.
Petr Kovalev / TASS
Yong‘in xizmat avtomobillariga ham o‘tdi. Makeyevka meri Vladislav Klyucharov 10 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan.
AP / Scanpix / LETA
Neft baza hududidagi o‘t o‘chiruvchilar.
Petr Kovalev / TASS

Lvov 

Lvov o‘qqa tutilishi oqibatlari. Davomli raketa zarbalari oqibatida kamida ikki kishi jabrlangan. Rossiya mudofaa vazirligi temiryo‘ldagi elektr podstansiyasi yakson etilganini xabar qilgan.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan elektr podstansiyasi. Lvov shahri meri Andrey Sadoviy shaharning ayrim yo‘llarida elektr o‘chgani haqida xabar qilgan.
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA
Dobropoleda otishmalar paytida singan deraza oynalari o‘rniga faner va plastik plyonkalar o‘rnatilgan.
Leon Neal / Getty Images
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Pokrovskiydagi cherkovning xayriya markazida kapellan Olegning rafiqasi Yevgeniya evakuatsiya qilinganlarni qabul qilmoqda. Bu yerga frontga yaqin bo‘lgan hududlar aholisi kelmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kapellan Olegning 9 yoshli Sasha smartfon yordamida uy vazifasini bajarmoqda. Urush boshlanganidan beri uning o‘qishi onlayn rejimga o‘tgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
O‘z uyi oldida ovqat tayyorlayotgan kishi. Shahar DXR kuchlari nazorati ostida.
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Jangda halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchi Ruslan Borovikning qizi Sofiya shahar markazidagi Oltin gumbazli Avliyo Mixail soborida otasini xotirlamoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top