21:12 / 06.05.2022
10662

“O‘zagrosug‘urta” AJga rais tayinlandi

“O‘zagrosug‘urta” AJ Kuzatuv kengashi qarori bilan, Shuhrat G‘ayratovich Rasulov jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Agrobank

Qayd etilishicha, Shuhrat Rasulov tayinlovga qadar “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Rasulov 1971 yil Nukus shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1994 yilda Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasida boshlagan.

Shu vaqtga qadar “Mikrokreditbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Ipotekabank”, “Turonbank” kabi moliya muassasalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top