08:28 / 06.05.2022
4419
O‘zbekistonga sement importi hajmi kamaydi

O‘zbekiston 3 oyda 425 ming tonna sement import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 16,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 425,3 ming tonna sement import qilingan. 

Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 342 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:

  • Tojikiston – 188,4 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 121,4 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 111,8 ming tonna;
  • Eron – 1,9 ming tonna;
  • Turkmaniston – 1,5 ming tonna;
  • Rossiya – 206 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga sement asosan Tojikistondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top