22:45 / 06.05.2022
11705
Rossiyani o‘tgan 3 oy ichida qariyb 4 mln kishi tark etdi 

Ularning aksariyati Turkiya (364 ming kishi), Misr (352 ming) va Qozog‘istonga (205 ming) chiqib ketgan. 

Foto: careerist.ru

2022 yilning birinchi choragi davomida Rossiyani 3,8 mln kishi tark etdi.

Xabar qilinishicha, ularning aksariyati Turkiya (364 ming kishi), Misr (352 ming) va Qozog‘istonga (205 ming) chiqib ketgan. 

Yana 134 mingga yaqin kishi Armanistonga yo‘l olgan. Bundan tashqari, 92 ming nafar rossiyalik Dominikan respublikasi, 61 mingi Germaniya, 48 mingi Litva va 38 ming nafari Gruziyaga ketgan.

Avvalroq O‘zbekistonga Rossiya va Belarusdagi minglab IT-mutaxassislari ko‘chib kela boshlagani xabar qilingandi. Mahalliy IT-park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupovning aytishicha, 2022 yil fevral oyi oxiridan buyon mamlakatga Rossiya va Belarusdan 5-6 ming atrofida odam kelgan.

Top