01:04 / 06.05.2022
5877
Sobiq O‘zEOAVMA'ning qarzdorligi bo‘yicha Milliy media assotsiatsiyasi munosabat bildirdi

Internet nashrlarida, xususan Kun.uz saytida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi sobiq raisi Firdavs Abduxoliqovdan 2,7 mlrd qarzdorlik qolgani haqida xabar e’lon qilindi. 

Unda keltirilgan ma’lumotlarga quyidagilar ma’lum qilindi:

- bugungi kunga qadar O‘zEOAVMA bilan shartnoma tuzgan tashkilotlardan 3,5 mlrddan oshiq qarzdorlik mavjud. 
- Assotsiatsiyaning a’zolari oldida esa 2,7 mlrd so‘m qarzdorlik vujudga kelgan.

Tashkilotning bu ichki masalalarini hal etilishi hozirda davom etmoqda.

Sobiq O‘zEOAVMA raisi F.Abduxoliqov bu jarayonlarda faol ishtirok etib, har tomonlama hamkorlik qilmoqda va muammoni ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Top