07:54 / 06.05.2022
7461
Toshkent aeroportida bagaj bo‘linmasining ishi namoyish etila boshlandi

«Toshkent» xalqaro aeroportiga kelgan yo‘lovchilar o‘z bagajlarini onlayn-efir orqali tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi. 

Uzbekistan Airpors xabariga ko‘ra, bagaj bo‘linmasidan olingan video uchish zalida ikki tomondagi yuk lentalarining tepasiga o‘rnatilgan monitorlarda ko‘rsatiladi.

«Biz yuklarini kutayotgan yo‘lovchilar uchun bagaj bo‘linmasida to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyishni yo‘lga qo‘ydik. Bu dunyoning ko‘plab aeroportlarida qo‘llanayotgan tajriba. Bagaj lentaga tushiriladi va har bir kishi o‘z narsalariga qanday munosabatda bo‘layotganini ko‘rishi mumkin. 

Shuningdek, bu yukchilarni ham intizomga chaqiradi, chunki ular kameralar orqali video uchib kelish zalida ko‘rsatilayotgani haqida ogohlantiriladi. Bundan tashqari, hozirda hendling kompaniyasi bagajni kutish vaqtiga katta e’tibor qaratmoqda – bu o‘rtacha 20 daqiqadan oshmasligi kerak», - deydi Uzbekistan Airpors boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

«Toshkent» xalqaro aeroportida bunday yangilik ilk marotaba amalga oshirildi va yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga, boshqaruv kompaniyasi hamda aeroport ochiq axborot siyosatini shakllantirishga qaratilgan.

Top