09:00 / 06.05.2022
5927

Toshkent - Shahrisabz - Toshkent yo‘nalishida «Afrosiyob» qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

2022 yil 7 va 8 may sanasidan boshlab, haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent - Shahrisabz - Toshkent yo‘nalishida 758/757-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

Foto: Kun.uz

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga transport xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yanada oshirish maqsad qilingan.

Harakat jadvaliga muvofiq, Toshkent - Shahrisabz yo‘nalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” poyezdi shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo‘naydi. 

Bundan tashqari, Shahrisabz - Toshkent yo‘nalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” poyezdi esa Shahrisabz temiryo‘l vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.

2022 yil 7 va 8 may sanasidan boshlab, bugungi kunda Toshkent - Qarshi - Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining shanba va yakshanba kunlari qatnovi to‘xtatiladi.

Bundan oldin “Afrosiyob” tezyurar poyezdining Shahrisabzgacha harakati qayta tiklanishi xabar berilgandi.

Top