19:02 / 06.05.2022
16952

Xitoyning 15dan ortiq samolyoti Tayvan havo hududiga kirdi

Orol harbiy-havo kuchlari samolyotlari havoga ko‘tarilgan hamda raketa majmualari jangovar shaylik holatiga keltirilgan.

Foto: Reuters

Tayvan mudofaa vazirligi Xitoyning 18 samolyoti orol havo sarhadini buzganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Al Arabiya News.

Xabarda aytilishicha, Tayvan harbiy-havo kuchlari samolyotlari havoga ko‘tarilgan hamda raketa majmualari jangovar shaylik holatiga keltirilgan.

Taybeyning ta’kidlashicha, Xitoy samolyotlari ommaviy ravishda orol havo hujumidan mudofaa hududiga kirgan.

Shu bilan birga, harbiylar o‘rtasida biror-bir to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida ma’lumot keltirilmagan.

Avvalroq XXR mudofaa vaziri Vey FenxeTayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlagandi.

Top