10:53 / 07.05.2022
16525
Andijonda yuz bergan YTH oqibatida «Tico» ikkiga bo‘linib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

Foto: IIV

2022 yil 6 may kuni soat 10:00 larda, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, “Segazaqum” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 O‘sh - Andijon - Toshkent avtomobil yo‘lining 412-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Q.X. boshqaruvidagi "Tico" rusumli hamda haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvida bo‘lgan "Nexia-3" rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida "Tico" rusumli avtomobil haydovchisi Q.X. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top